TIME jurnali «Yil odami» nominatsiyasiga nomzodlarni e’lon qildi
Ular orasida Ilon Mask, Yuliya Navalnaya, Binyamin Netanyahu va Donald Tramp bor.

Foto: TIME
9 dekabr kuni TIME jurnali «2024 yil odami» unvoniga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatga quyidagi shaxslar kiritilgan:
- AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris;
- Uels malikasi Keyt Middlton;
- tadbirkor Ilon Mask;
- Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya;
- Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu;
- AQSh Federal zaxira tizimi raisi Jyerom Pauell;
- podkaster Jo Rogan;
- Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum;
- AQSh bo‘lajak prezidenti Donald Tramp;
- Meta bosh direktori Mark Tsukerberg.
TIME jurnali Ilon Maskka bag‘ishlangan annotatsiyada biznesmenni 2024 yilda «siyosat olamiga qadam qo‘ygan dunyodagi eng boy odam» deb atadi. Binyamin Netanyahu, TIME fikriga ko‘ra, «bu yilgi dunyodagi eng kuchli va ziddiyatli liderlardan biri», Yuliya Navalnaya «Rossiya muxolifatining «birinchi xonimi», Donald Tramp esa «jinoyatda aybdor deb topilgan birinchi saylangan prezident»dir.
TIME 12 dekabr kuni o‘zining «Yil odami»ni e’lon qiladi.
1927 yildan beri TIME jurnali «yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’i nazar», so‘nggi 12 oy ichida dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs, guruh yoki konsepsiyani tanlaydi. 2023 yilda bu unvonni xonanda Teylor Svift oldi.
Mavzuga oid

15:59
Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiya askarlarini yubormoqda

19:30 / 07.06.2025
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

23:33 / 06.06.2025
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi

22:08 / 06.06.2025