Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
Hukumat smogga qarshi kurash choralarini kuchaytirdi.

Foto: AP
Hindiston hukumati havoning ifloslanish darajasi oshib ketgani sababli Nyu-Dehlida zarur bo‘lmagan obektlar qurishni taqiqladi, fuqarolarni esa uylarni ko‘mir va o‘tin bilan isitishdan voz kechishga chaqirdi. 15 noyabr kuni ertalabdan boshlab shaharda smogga qarshi kurash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi Reuters.
So‘nggi bir hafta ichida Shimoliy Hindistondagi havo sifati shunchalik yomonlashganidan, Toj Mahal va Amritsardagi Oltin ibodatxona tutunda ko‘rinmay qoldi. IQAir reytingi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Nyu Dehlida 255 indeksi qayd etilgan — bu ifloslanish darajasi “o‘ta zararli” ekanini ko‘rsatadi.
Hindiston poytaxtida havo ifloslanishining taxminan 38 foizi sholi o‘rimidan qolgan poyalarni yoqish oqibatida yuzaga keladi. Shahar har qishda smog muammosiga qarshi kurashadi.
Nyu Dehli kasalxonalariga tobora ko‘proq aholi, ayniqsa, bolalar murojaat qilmoqda. Bemorlar yo‘tal, astma xurujlari va allergiyalardan shikoyat qiladi.
Ma’lumot uchun, 16 noyabr holatiga ko‘ra, havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida Pokistonning Lahor shahri yetakchi bo‘lib turibdi, ikkinchi o‘rinni Nyu Dehli, uchinchi o‘rinni Dakka (Bangladesh) shahri egallagan. Toshkent reytingda 34-o‘rinni band etgan.
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025