Toshkentdagi yana uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
Toshkent shahridagi 3 ta AYoQShda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanida joylashgan “A.O.” va “O.O.” MChJga qarashli 2 ta avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-80 va Ai-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Bu kabi holat Yangihayot tumanida “F.G.S.” MChJga qarashli AYoQShda ham aniqlandi. Unda neft mahsuloti sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Mavzuga oid

10:40
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

09:37
Sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan AYoQShga 75 mln so‘m jarima qo‘llandi

18:22 / 08.05.2025
Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor

18:55 / 01.04.2025