«Hizbulloh» Isroil bilan mojaroda «keskinlashuvning yangi bosqichi» haqida e’lon qildi
Hamas rahbari Yahyo Sinvarning o‘limidan keyin «Hizbulloh» Isroil bilan mojaroda «eskalatsiyaning yangi fazasi» boshlanganini e’lon qildi, ammo bu bilan nima nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan. Isroil armiyasi sentabr oyi oxiridan buyon Livanda amaliyot o‘tkazmoqda va «Hizbulloh»ning qator yetakchilari o‘ldirilgan.

Foto: Aziz Taher / Reuters
Livandagi shialarning «Hizbulloh» guruhi Isroil bilan urushda yangi bosqichga o‘tilayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Al Jazeera.
«Operativ shtab qarama-qarshilikdagi eskalatsiyaning yangi bosqichiga o‘tilishini e’lon qiladi», — deya guruh bayonotidan iqtibos keltirgan agentlik.
Eskalatsiyaning yangi fazasi deyilganda nima nazarda tutilayotgani yaqin kunlar ichida ma’lum bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.
Bu bayonot Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorida falastinliklarning Hamas guruhi yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilgani haqida xabar berishi ortidan yangradi. Livandagi guruh Isroil o‘tgan yil oktyabridan buyon G‘azoda kurashib kelayotgan Hamasni qo‘llaydi. «Hizbulloh» muntazam ravishda Isroil shimolidagi hududlarni o‘qqa tutadi, shu sababli bu joylar aholisi bo‘lgan minglab kishilar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Isroil 23 sentabr kuni «Hizbulloh»ga qarshi «Shimol o‘qlari» nomi bilan amaliyot boshlab, bundan maqsad shimoliy hududlar aholisi o‘z uylariga xavfsiz qaytishini ta’minlash ekanini ma’lum qildi. Amaliyot davomida guruh rahbari Hasan Nasrulloh va harakatning boshqa yuqori martabali mulozimlari o‘ldirilgan. 1 oktyabr kuni TsAHAL Livan hududida «cheklangan» quruqlik amaliyoti boshlaganini e’lon qildi, keyinroq bir necha bor amaliyot o‘tkaziladigan hududlar kengaytirildi.
«Hizbulloh» o‘z bayonotida chegara va ichkari hududlari bo‘ylab Isroil qo‘shinlari ustiga zarbalar soni oshirilganini ma’lum qilgan. Guruh ma’lumotiga ko‘ra, Isroil amaliyoti boshlanganidan buyon janglarda TsAHALning kamida 55 jangchisi halok bo‘lib, taxminan 500 ga yaqini yaralangan.
Livan sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Isroilning o‘tgan yil oktyabridan buyon qilgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan livanliklar soni 2,1 ming kishidan ortadi.
Mavzuga oid

09:49
Tramp: Isroil Eronga qo‘shma zarba berishda yetakchi bo‘ladi

09:15 / 09.04.2025
Isroil sudi ShABAK rahbarining ishdan olinishini vaqtinchalik blokladi

09:05 / 09.04.2025
Tramp Oq uyda matbuot ko‘z o‘ngida Netanyahuni tahqirladi - Isroil OAV

15:55 / 08.04.2025