Jahon | 14:11
1446
2 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu: Falastinliklarda G‘azoni tark etish imkoni bo‘lishi kerak

Isroil bosh vazirining aytishicha, G‘azo aholisi tanlov erkinligiga ega bo‘lishi kerak.

Foto: Jack Guez / Getty Images

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning aytishicha, G‘azodagi falastinliklar mintaqada qolish yoki undan ketishda tanlov erkinligiga ega bo‘lishi kerak.

Netanyahu Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida jurnalistlarning falastinliklarning boshqa hududlarga ko‘chirilishi haqidagi savoliga javob berdi. «Agar ular (G‘azoda) qolishni istasa, qolsin. Ammo ketishni xohlasa, bu imkoniyatga ega bo‘lishi kerak. G‘azo qamoqxona bo‘lmasligi kerak. Odamlarga erkin tanlov huquqi berilishi kerak», — deya ta’kidladi u.

Isroil hukumati rahbari, shuningdek, uning fikricha, falastinliklar o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega bo‘lishi kerakligini, biroq ayrim hududlar, xususan, xavfsizlik masalalari Isroil nazorati ostida qolishi kerakligini ta’kidladi.

Netanyahu prezident Tramp boshchiligida butun Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishi mumkinligiga ishonch bildirdi. «Prezident Tramp boshchiligida biz butun Yaqin Sharqda tinchlikka erishishimiz mumkinligiga ishonaman. Birgalikda biz barcha qo‘shnilarimizni o‘z ichiga olgan juda keng va keng qamrovli tinchlik o‘rnatishimiz mumkin», — dedi Netanyahu.

Donald Tramp Eron bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirayotganini aytdi va Tehronning muloqotdan manfaatdorligini bildirdi. «Biz Eron bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirganmiz, ular ham uchrashmoqchi. Ular jiddiy zarar ko‘rdi», dedi Oq uy rahbari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida.

Mavzuga oid