Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyani harbiy jihatdan yengib bo‘lmaydi - To‘qayev
Qozog‘iston rahbari urushni tinch yo‘l bilan hal etish variantlarini izlashga chaqirdi.

Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya harbiy jihatdan yengilmas ekanligini yana bir bor ta’kidladi, deb xabar berdi Oqo‘rda.
«Germaniya kansleri Shols bilan muzokaralar chog‘ida aytganimdek, Rossiya — harbiy jihatdan yengilmas. Bu Rossiyaning harbiy salohiyati, mamlakat aholisining prezident Putin siyosatini qo‘llab-quvvatlashi va tarix tomonidan tasdiqlangan haqiqatdir. Shuning uchun biz tinch yo‘l bilan hal etish variantlarini izlash va barcha davlatlarning, jumladan, Xitoy va Braziliyaning real rejalarini qo‘llab-quvvatlashni zarur deb hisoblaymiz. Boshqa yo‘l yo‘q», dedi u Astana Think Tank Forum majlisida.
Agar bunga erishilmasa, «urush o‘zaro qirg‘inbarotga aylanadi».
«Balki ba’zi dunyo kuchlari bundan manfaatdordir, ammo bu tubanlikka olib boradigan yo‘l. Konstruktiv muzokaralar orqali tinchlikka intilish zaiflik belgisi emas, balki strategik ehtiyotkorlikning namoyonidir», dedi To‘qayev.
To‘qayev sentabr oyida Germaniya kansleri Olaf Sholsning Ostonaga tashrifi chog‘ida ham Rossiyaning harbiy jihatdan yengilmasligini aytgan edi.
Mavzuga oid

22:00 / 08.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni

20:58 / 08.07.2025
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi

15:15 / 08.07.2025
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV

15:02 / 08.07.2025