Isroil G‘azodagi maktab binosiga zarba berdi
TsAHAL ma’lumotiga ko‘ra, bu yerda Hamas qo‘mondonlik punkti bo‘lgan. Tibbiyot xodimlari 28 kishi, jumladan bolalar halok bo‘lganini xabar qilgan.

Foto: Al Jazeera
Isroil harbiylari G‘azo sektori markazidagi Dayr-al-Balah shahrida joylashgan «Rufeyda» maktabi binosiga aviazarba yo‘lladi, bu binodan urush boshlanganidan keyin qochqinlar uchun boshpana sifatida foydalanilayotgandi.
The Times of Israel nashri Isroil mudofaa armiyasiga asoslanib xabar berishicha, Hamas a’zolari bu yerdan qo‘mondonlik punkti sifatida foydalangan.
Falastindagi Qizil yarim oy jamiyati xabar berishicha, zarba oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘lgan, ular orasida ayollar va bolalar ham bor, shuningdek, 54 kishi yaralangan. Qurbonlarning qanchasi Hamas jangchilari bo‘lgani aniq emas, deya qayd etadi The Times of Israel.
Isroil armiyasidagilar zarba yo‘llashdan oldin «tinch aholi vakillariga zarar yetkazish xavfini kamaytirish uchun ko‘plab qadamlar tashlangani, jumladan, nishonga aniq boruvchi o‘q-dorilar qo‘llangani, havodan kuzatuv amalga oshirilgani hamda qo‘shimcha razvedka ma’lumotlari olingani»ni ma’lum qilgan.
TSAHAL avvaldan Hamas vakillari o‘z ehtiyojlari uchun G‘azo sektoridagi maktablar va shifoxonalar binolaridan foydalanishi, bu joylardagi tinch aholini jonli qalqon qilishini aytib keladi. Bunday binolar vaqti-vaqti bilan bombardimon qilinadi va bu tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘ladi.
Hamas nazoratidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, urush boshidan buyon Isroil hujumlari qurbonlari soni 42 ming kishidan oshgan. Bu ma’lumotni mustaqil tekshirishning imkoni yo‘q; BMT va Qizil Xochdagilar bu raqamlarni reallikka yaqin deb hisoblashadi.
Mavzuga oid

13:43
Isroil Germaniya TIVni HAMAS jangchilarini rag‘batlantirishda aybladi

08:45
TSAHAL G‘azodagi operatsiya strategiyasini radikal o‘zgartirdi

08:11 / 14.04.2025
Isroil armiyasi G‘azoda 1,2 kmlik tunnelni yo‘q qildi

19:47 / 13.04.2025