Jahon | 07:26
2884
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi

Isroilning bosib olingan G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerlariga bir necha oy davomida uyushtirgan hujumlari 47 mingdan ortiq falastinlikni uyini tark etishga majbur qildi.

Foto: Anadolu Agency

Isroil armiyasi 21 yanvardan beri bosib olingan G‘arbiy sohil shimolidagi Jyenin, Tulkarm va Nur-Shams qochqinlar lagerlarida 1000 dan ortiq uyni butunlay vayron qildi, deya xabar beradi mahalliy matbuot qo‘mitalari.

Jyenin qochqinlar lageri matbuot qo‘mitasi bayonotiga ko‘ra, «Isroil armiyasi hujum boshidan buyon lagerda 600 dan ortiq uyni butunlay buzib tashlagan, qolganlari shikastlangan va yashash uchun yaroqsiz».

Isroilning Jyenin va undagi lagerda harbiy harakatlari 159 kundan beri davom etayotgani ta’kidlandi. Shu vaqt ichida ko‘plab uylar yondirildi, ularning bir qismi harbiy bazaga aylantirildi, qazish va buzish ishlari faol davom etmoqda.

Isroilning Jyenindagi hujumlari natijasida 42 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi, ko‘plab insonlar qo‘lga olindi. Otishma tufayli 22 mingga yaqin odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.

Tulkarm matbuot qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tulkarm va Nur-Shams qochqinlar lagerlarida Isroil armiyasi 400 ta uyni butunlay vayron qilgan. 2573 ta bino ham shikastlangan.

Qo‘mitaning xabar berishicha, Isroil armiyasi yana 106 ta binoni, jumladan, 250 dan ortiq turar joy binolarini buzishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid