9 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda - Toshkent shahar IIBB
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha bir qancha ekspertizalar tayinlangan, xulosaga ko‘ra haydovchiga nisbatan ehtiyot chorasi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Foto: Videodan kadr
Eslatib o‘tamiz, 19 sentabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida avtobusdan tushib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchini yuqori tezlikda harakatlanib kelgan BYD urib yuborgan edi. 9 yoshli o‘quvchi qiz olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.
O‘shanda Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025