Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi berildi
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi +22…+29 daraja bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 27 sentabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 29 sentabrda kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
27−29 sentabr kunlari harorat kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari 27 sentabrda +20…+25, 28 sentabrda +22…+27, 29 sentabrda +24…+29 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7−12 m/s tezikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +9…+12, kunduz kunlari +25…+28 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.
Mavzuga oid

22:10 / 05.06.2025
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi

20:03 / 30.05.2025
Issiq havo qaytadi, ba’zi hududlarga sel keladi - kutilayotgan ob-havo tahlili

22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi

13:12 / 21.05.2025