Toshkent viloyatida ichimlik suvidan noqnuniy foydalangan korxona rahbari 5 yilga qamaldi
Shuningdek, u jarimaga ham tortildi.

Foto: «Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ
Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulangan korxona rahbari sud tomonidan ozodlikdan mahrum etildi.
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ xabariga ko‘ra, «HTB-AS INVEST» korxonasi ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan va davlatga qariyb 295 mln so‘m zarar yetkazgan.
Korxona rahbari A.X. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yil 1 oy muddatta ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, 45 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

21:54 / 30.06.2025
Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 300 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

16:04 / 27.06.2025
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi

15:22 / 27.06.2025