Namanganda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi
Pop tumanidagi maktablardan birida pedagoglarni muassasaga chaqirtirib, o‘t-o‘lan yulishga majburlagan direktor 17 million so‘m jarimaga tortildi.

Foto: Videodan kadr
Namangan viloyati Pop tumanidagi 43-maktab direktori pedagoglarni ta’lim maskaniga chaqirib, muassasa hududini tozalashga, o‘t-o‘lan, beda va ajriqlarni yulishga majbur qilgani aytilmoqda. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, tahririyatga berilgan materiallarga ko‘ra, maktab direktori M.Marasulova o‘qituvchilarning vazifasidan tashqari ishlarni qilishni istamaganlardan 500 ming so‘mdan pul talab qilgan. Qolaversa, ularni o‘quvchilarning ota-onalaridan pul yig‘ishga ham majburlagani ta’kidlangan.
Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, vaziyatni vazirlikning Pop tumani bo‘limi Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rgangan.
Shunga muvofiq Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda hukumatning 349-sonli qaroriga zid ravishda, muassasa xodimlari maktab hovlisida tozalov ishlariga jalb etilgani aniqlangan.
Tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 50 baravari, 17 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ularni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlanadi.
Mavzuga oid

14:46 / 01.04.2025
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi

20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?

13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

11:20 / 14.03.2025