Xorazmdagi g‘isht ishlab chiqarish zavodida qariyb 4,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi
Zavoddagi hisobga olish uskunasiga ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqari ta’sir ko‘rsatilgan. MChJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura
Gurlan tumanida yirik elektr energiyasi o‘g‘riligi fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, energiya resurslari talon - toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodida yirik o‘g‘rilik holati fosh etilgan. Unga ko‘ra, Tumandagi “X.Sh.” MChJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish uskunasiga ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqari ta’sir ko‘rsatgan. Bu orqali u 4 mlrd 786 mln so‘mlik 5 mln 318 ming KW•h elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Holat yuzasidan E.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Oldinroq Buxoroda ikki korxona 585 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi.
Mavzuga oid

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

14:12 / 25.06.2025
Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi

09:55 / 20.06.2025
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

20:28 / 18.06.2025