Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigi ustuniga borib urildi
Bunga yuk mashina haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgani sabab bo‘lgan. YTH oqibatida temiryo‘l ko‘prigiga zarar yetgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Andijon tumanida yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigiga urilib, YTH sodir qildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH bugun, soat 4:00larda sodir bo‘lgan. 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. NOWO yuk mashinasini 4R-116 avtomobil yo‘lining Andijon tumani “Sanoat” MFY hududidan o‘tgan qismida boshqarib borayotib, uxlab qolgan. Buning oqibatida yuk mashina temiryo‘l ko‘prigi ustuniga borib urilgan.
YTH oqibatida yuk mashinasi hamda temiryo‘l ko‘prigiga zarar yetgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

11:07 / 31.07.2025