Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi
Haydovchi yaqin atrofda maktab borligi haqidagi belgiga qaramay, tezlikni pasaytirmagan.

Foto: Videodan kadr
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tumani sudida sakkiz yoshli maktab o‘quvchisini urib o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Hudud axborot dasturida xabar berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Nexia-2 rusumli avtomobilni boshqargan 29 yoshli haydovchi yaqin atrofda maktab borligi haqida ogohlantiruvchi yo‘l belgisi borligiga qaramay, tezlikni pasaytirmagan. U maktab oldidagi piyodalar yo‘lagi bo‘ylab o‘tayotgan qizaloqni urib yuborgan.
Marhumning onasi sudda «bu kabi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va norasida go‘daklar avtohalokat qurboniga aylanib qolmasligi hamda boshqalarga ham dars bo‘lishi» uchun ayblanuvchiga og‘irroq jazo tayinlanishini so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, haydovchi ikki yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Mavzuga oid

12:33
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

11:07 / 31.07.2025
Qamchiqda ikkita yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

19:40 / 30.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

10:02 / 26.07.2025