Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
Sakkiz vagon relsdan chiqib ketgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan.

Rossiyaning Volgograd oblastida yuk mashinasi bilan to‘qnashuvdan keyin Qozon — Adler yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdning sakkizta vagoni izdan chiqib ketdi. Bu haqda Rossiya temiryo‘llari xabar bermoqda.
«Bugun soat 12:35 da Volgograd oblasti hududida Gremyachaya — Kotelnikovo peregonida KAMAZ yuk avtomobili haydovchisi temiryo‘l kesishmasiga chiqib ketdi va yo‘ldan o‘tayotgan Qozon — Adler yo‘nalishidagi 491-sonli poyezd bilan to‘qnashdi. Natijada yo‘lovchi poyezdning sakkizta vagoni izdan chiqib ketishi holati kuzatilgan», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, haydovchi «signalizatsiya ishlayotganiga qaramay yaqinlashib qolgan poyezd oldiga» chiqib kelgan. Mash manbasi yozishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u daraxtlar tufayli poyezdni ko‘rmay qolgan.
TASS regionning sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar qilishicha, besh kishi «qoniqarli» ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. «Interfaks» agentligi favqulodda xizmatlarga tayanib yozishicha, yo‘lovchi poyezdning 100 ga yaqin yo‘lovchisi tibbiy yordamga ehtiyoj sezgan.
Keyinroq Rossiya temiryo‘llari to‘qnashuv oqibatida 150 kishi jarohatlangani, shundan 16 kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Shifoxonaga yotqizilganlardan 13 nafari katta yoshli yo‘lovchilar, bir nafari yosh bola, yana ikki nafari bort kuzatuvchilari. Yana 140 nafarga yaqin kishida yengil tilinish va ko‘karishlar qayd etilgan.
O‘z navbatida, IIV yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizilganini xabar qilgan.
Mazkur uchastkada poyezdlar harakati to‘xtatilgan. FVV xabariga ko‘ra, avariya oqibatlarini bartaraf etishda 320 dan ortiq kishi va 100 ta texnika ishtirok etmoqda.
Poyezdda jami 800 ga yaqin kishi ketayotgan bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
Mavzuga oid

08:52 / 24.03.2025
Qozog‘istonning xalqaro sayyohlik poyezdi Toshkentga keldi

20:13 / 13.03.2025
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

11:06 / 12.03.2025
Toshkent - Buxoro yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

15:10 / 05.03.2025