Toshkentda erkak 3 yoshli bolani qasddan pichoqlab o‘ldirdi
Yashnobod tumanida 30 yoshli erkak qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayolining birinchi turmushidan 2021 yilda tug‘ilgan farzandiga pichoq bilan tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida erkak yosh bolaga 12 marta pichoq urib, uni o‘ldirgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 9 iyul kuni Yashnobod tumani, Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 30 yoshli erkak ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayoli bilan janjallashib qolgan.
Janjal oqibatida erkak ayolning birinchi turmushidan 2021 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.
Holat bo‘yicha Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:26 / 29.05.2025
54 kun qidirilgan murda: navoiylik oshiq-ma’shuq qotillar

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

16:51 / 22.05.2025