Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi
U 8 yilga qamaldi, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.

Foto: Videodan kadr \ Millar
Toshkent viloyati, Chinoz tumanida o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqlagan yigitga sud hukmi o‘qildi. U 8 yilga qamaldi, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.
Qotillik 2025 yil 14 fevral kuni sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan yigit 1995 yilda tug‘ilgan opasini o‘ldirib, murdasini gilamga o‘rab qo‘ygan. Oradan 7 kun o‘tgach, bu haqda do‘stlariga xabar bergan. Yigit so‘zlariga ko‘ra, janjal kredit tufayli yuzaga kelgan.
«Kreditdan kelib chiqqan edi. Holat sababi tarbiya bo‘lmaganidan, otamiz bo‘lmagan. Opam asabiy edi, ammo ko‘pincha yarashib ketardik. Oxirgi marta kreditga pul to‘lamay o‘tkazib yuboraverdi. Men pul o‘tkazdim. Tunda xonamga pichoq bilan keldi. Pichoqni menga qaratdi-da qo‘li payigacha kesilib ketdi. Qonni ko‘rganimdan keyin o‘zimni boshqarolmay qoldim. Shok holatida edim. Murdasini ko‘rganimdan keyin qotillik qilganimni tushundim. Murdani balkonga chiqarib qo‘ydim», dedi u.
Sud onaning da’vosi yo‘qligini, ayol doimiy janjallar qilib kelganini inobatga olgan holda, yigitni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining «j» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topdi.
Mavzuga oid

19:08 / 05.08.2025
“O‘zimiz chiqargan qoidaga o‘zimiz amal qilmayapmiz” - shaharsoz Toshkentning bosh rejasi o‘zgarayotgani haqida

15:21 / 02.08.2025
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti

10:44 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

18:45 / 01.08.2025