Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Eronga Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyotni topishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Eron-Ozarboyjon chegarasi yaqinida «qattiq qo‘nishni» amalga oshirdi. Qidiruv noqulay ob-havo sharoiti tufayli murakkablashgan. O‘zbekiston TIV zarurat bo‘lsa, yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Foto: TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyotning favqulodda qo‘ndirilishi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Vazirlik ushbu ma’lumotni chuqur tashvish bilan qabul qilgani aytiladi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yo‘lovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Barcha yo‘lovchilar tez orada sog‘-salomat topilishiga umid qilamiz”, deyiladi TIV munosabatida.
O‘zbekiston tomoni zarurat bo‘lishi bilan Eronga barcha yordam ko‘rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildirdi.
19 may, yakshanba kuni bortida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Ozarboyjon chegarasi yaqinida «qattiq qo‘nishni» amalga oshirdi.
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, vertolyot qulagan hududda tuman tushgan, shuningdek, u yerda ham yomg‘ir yog‘moqda, bu esa avtomobillar va odamlarning o‘tishini qiyinlashtirgan loyga sabab bo‘lgan. Vertolyotni qidirish davom etmoqda.
Mavzuga oid

08:24 / 18.07.2025
AQSh va Yevropa Eron yadroviy kelishuvi uchun dedlayn belgilaydi

22:51 / 17.07.2025
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi

09:45 / 15.07.2025
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi

22:28 / 13.07.2025