Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
Maktab rahbariyati o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirganlikda ayblangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida o‘quvchilar sinfxonadagi monitorda musiqiy videoklip tomosha qilgani uchun maktab rahbariyati jazolandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, holat Sardoba tumanidagi 5-son umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. O‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtida nazoratsiz qoldirilgan. Ular sinfxonadagi monitorda musiqiy videoklip tomosha qilgan, unda behayo lavhalar bo‘lgani aytilmoqda. Keyinchalik holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Xabarga ko‘ra, «o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirgani uchun» sinf rahbari, maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Ta’kidlanishicha, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida barcha umumta’lim maktablarida «Maktab, ota-ona, mahalla» hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilan.
Mavzuga oid

17:23 / 16.06.2025
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi

17:14 / 16.06.2025
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

22:45 / 11.06.2025