Toshkentda bolalarni qo‘rqitib, kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan olindi
Yunusobod tumanidagi 414-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 414-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun ishdan olindi. Bu haqda Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tarbiyachi bolalarni qo‘rqitib, kuch ishlatgan, shu mazmundagi videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rganish olib borgan. Aniqlanishicha, hodisa 2024 yil mart oyida yuz bergan.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati tarbiyachi I.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid

14:09
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

21:33 / 04.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

08:14 / 04.04.2025