09:40 / 27.04.2024
2894

Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

TIVda O‘zbekiston-Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Anvar Ilyosov / «Dunyo» AA

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.

Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajalarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali batafsil ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Rossiyaning xalqaro hamda mintaqaviy institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishi qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish uchun tashrif bilan mamlakatga kelgan Rossiya TIV delegatsiyasini qabul qildi.

Top