Istanbulda o‘zbekistonlik yigit do‘stini otib o‘ldirdi
Ikki yigit to‘pponcha bilan videoga tushib, tasvirlarni ijtimoiy tarmoqqa joylamoqchi bo‘lishgan. Tasvirga olish paytida ulardan biri to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab, o‘rtog‘iga o‘q uzgan.

Foto: TASS
Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonlik yigit to‘pponcha bilan o‘rtog‘ini otib qo‘ygan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari Instagram tarmog‘iga to‘pponcha bilan video olib, joylamoqchi bo‘lgan.
Videoni tasvirga olish chog‘ida 22 yoshli S.G. xonadoshi va o‘rtog‘i U.R. tomonidan otib qo‘yilgan. Bosh qismiga o‘q tekkan S.G. hodisa yuz bergan joyda vafot etgan.
U.R.ning ko‘rsatmasiga ko‘ra, ikki o‘rtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib o‘tirishgan. So‘ng S.G. to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan. U.R. to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab, bilmasdan S.G.ni otib qo‘ygan.
Konsullikka ko‘ra, hozirda halok bo‘lgan yigitning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:45 / 02.06.2025
Kiyevning Istanbuldagi muzokaralar uchun takliflari ma’lum bo‘ldi

14:28 / 02.06.2025
Lavrov va Rubio Istanbuldagi bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi

10:50 / 02.06.2025
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi

20:07 / 01.06.2025