Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan ushlandi
Unga qarshi jinoyat ishi ochildi va sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani sudyasiga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida Bosh prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A.B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama etilgan. Yakunda Kengash xulosasi bilan A.B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, xabarda boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.
Kun.uz manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, sudya 200 dollar miqdorida pora olganlikda gumonlanmoqda.
Mavzuga oid

13:10 / 19.04.2025
Sudyalik lavozimida ishlaydigan ayollar ulushi oshiriladi

16:17 / 11.04.2025
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi

17:55 / 01.04.2025
Namanganning “Ibratli sudya”si xavfli retsidivist fohishaxona saqlovchini ozod qildi

09:22 / 19.03.2025