16:30 / 03.03.2024
15699

Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari va sharqiy frontdagi dron ovlovchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 738-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Odessada dron ko‘p qavatli uyga urilishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, shundan uch nafari bolalar.
  • Sankt-Peterburgda dron besh qavatli uyga urildi. 250 kvartira shikastlangan, olti kishi jarohat olgan.
  • Olaf Shols Germaniya hukumati «juda jiddiy ma’lumot sizib chiqishi» bo‘yicha tekshiruv olib borilayotganini aytdi. Undan oldinroq rossiyalik propagandachi Margarita Simonyan nemis ofitserlari Qrim ko‘prigi bo‘ylab zarbalarni muhokama qilgani aytilgan audioyozuvni e’lon qilgandi.
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy sharqiy frontdagi brigadalar komandirlari almashtirilishini anons qildi.
  • Bryansk oblastida RF tergov qo‘mitasi tergovchilari guruhi ukrainlar droni zarbasi ostida qoldi. To‘rt kishi jarohatlangan.

Sankt-Peterburgda dron portlashi

Sankt-Peterburgdagi Piskarevskiy prospektidagi turar joy binosiga dron kelib urildi. Portlash oqibatida 250 ga yaqin kvartira shikastlangan, olti kishi jarohat olgan. Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov binoda yashovchilar vaqtincha bo‘lish punktlariga joylashtirilganini, shikastlangan kvartiralar ta’mirlab berilishini aytgan.
Reuters / Scanpix / LETA

Odessaga zarba oqibatlari

2 martga o‘tar kechasi Rossiya Odessaga uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan hujum qildi. Zarba oqibatida ko‘p qavatli uyning bir qismi qulagan, 18 kvartira butunlay vayron bo‘lgan, yana yettitasi shikastlangan. Qutqaruvchilar xarobalar ostidan o‘n kishining jasadini olib chiqishgan, shundan uch nafari bolalar.

2 mart kuni kechqurun ikki bola o‘limi haqida ma’lum edi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechqurungi videomurojaati vaqtida ularni nomma-nom tilga oldi: «Chaqaloq — to‘rt oylik, uning ismi Timofey. Va bolakay — Mark, hali uch yoshga ham to‘lmagandi». Ukrain nashrlari yozishicha, zarba oqibatida Markning otasi ham halok bo‘lgan, onasi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. To‘rt oylik Timofeyning onasi Anna Gaydarji ham vafot etgan, ayolning turmush o‘rtog‘i va katta qizi omon qolgan.

3 mart tongiga kelib halok bo‘lgan uchinchi bola haqida ham ma’lum bo‘ldi. «Ayolning jasadi yonidan yana bir chaqaloq jasadi topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola hali bir yoshga ham to‘lmagan», — deya yozgan Odessa oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Kiper.

Odessada vayron bo‘lgan uy o‘rnidagi xarobalar
Nina Liashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Odessadagi ko‘p qavatli uyga zarba oqibatida halok bo‘lganlardan birining jasadini olib chiqayotgan qutqaruvchilar
Oleksandk Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Oleksandk Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan shikastlangan uy derazasidan qarayotgan kishi
Nina Liashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Xarkivda ukrain askarining dafn marosimi

Hnat Holyk / Gwara Media / Global Images Ukraine / Getty Images

Maryinka yaqinidagi ukrain artilleriyachilar

Maryinka yaqinidagi boshpanada 105-millimetr kalibrli snaryadlardan qolgan gilzalar
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Ukraina QK 79-alohida desant-shturm brigadasi harbiy xizmatchisi Maryinka yaqinida 105-mm kalibrli gaubitsadan o‘t ochmoqda
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
79-brigada harbiysi boshpanada
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Maryinka yaqinidagi front chizig‘ida dalada chiqqan yong‘in
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press

Maryinka yaqinida dronlarga qarshi kurashayotgan mobil o‘t ochish guruhi

Rossiya Ukraina hududiga deyarli har kuni raketalar va dronlar bilan hujum qilmoqda. Faqat 23 fevralga o‘tar kechasining o‘zida, Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondonligiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Odessa, Mikolayiv, Poltava, Dnipropetrovsk va Xarkiv oblastlaridagi nishonlarga qarata 31 ta dron uchirgan. Dronlarning katta qismi — 23 tasi — mobil o‘t ochish guruhlarini ham o‘z ichiga oluvchi ukrain havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Bunday bo‘linmalar «Geran-2»/Shahed 136 yoki «Lanset» dronlari kabi nisbatan yengil havo nishonlarni kuzatish bilan shug‘ullanadi. Bunday guruhlardan biri Ukraina QKning 72- brigadasiga biriktirilgan va Donetsk yaqinidagi Maryinka shahri atrofida ishlamoqda.

Ukraina QK 72-brigadasining mobil zenit-o‘t ochish guruhi a’zosi to‘qnashuv chizig‘ida durbin yordamida havo nishonlarini kuzatmoqda.
Chris McGrath / Getty Images
Ukrainalik jangchi qo‘l pulemyoti bilan dushman dronini o‘qqa tutmoqda.
Chris McGrath / Getty Images
Havo hujumiga qarshi raketalar bilan jihozlangan «Strela-10» zenit qurilmasi Maryinka atrofidagi havo obektini nishonga olmoqda.
Chris McGrath / Getty Images

Hozirda Maryinka, aniqrog‘i uning xarobalari — shahar to‘liq vayron bo‘lgan — RF qurolli kuchlari nazorati ostida. 2022 yil qishida keng ko‘lamli urush boshlanguniga qadar Donetsk chekkasidagi bu shahar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan Donbassdagi asosiy «qal’a»lardan biriga aylantirilgandi. Rossiya qo‘shini 2022 yil noyabrida Maryinka markaziga yetib keldi va keyingi bir necha oy davomida shahar uchun og‘ir janglar davom ettirildi, bu harbiy harakatlar davomida shahardagi yirik binolarning deyarli barchasi yer bilan bitta bo‘ldi. 2023 yil apreliga kelib RF qurolli kuchlari shaharning ko‘p qavatli binolar joylashgan qismini ham egalladi, ammo ukrainalik harbiylar shahar markazidan g‘arbda joylashgan xususiy uylar va o‘rmonzorlarni o‘zida saqlab qolishda davom etdi. Faqat 2023 yil dekabr oyi oxirida Ukraina qurolli kuchlari o‘z pozitsiyalarini tark etdi va Maryinka xarobalari to‘lig‘icha RF armiyasi tomonidan egallandi.

Mobil zenit-o‘t ochish guruhlari nafaqat Donetsk oblastida, balki butun front chizig‘i bo‘ylab harakatlanmoqda. Xarkiv oblastida ham «dronlarni ovlovchi» xuddi shunday guruh Ukraina Milliy gvardiyasi 5-alohida brigadasi safida xizmat qilmoqda. 

Rossiya dronlar orqali havo hujumlarini asosan tunda amalga oshiradi, shu tufayli havo hujumidan mudofaa jangchilari dronlarni kuzatish uchun mobil projyektorlardan foydalanadi. Xarkiv oblasti
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images
Zenit-o‘t ochish guruhi jangchisi tungi osmondagi nishonni kuzatish uchun pulemyotga o‘rnatilgan maxsus videopritseldan foydalanmoqda
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images

Donetsk oblastidagi ukrain tankchilari

Bu urushda uchuvchisiz uchar apparatlardan keng ko‘llanishi improvizatsiya orqali turli himoya shakllari paydo bo‘lishiga olib kelmoqda, xususan, bunday vositalar eskirgan hamda bunga mo‘ljallanmagan, sovetlar davriga mansub T-64 tanklariga ham o‘rnatilmoqda. Bunday ekranlar yaratish bilan shug‘ullanayotgan jangchilar fikricha, ular zirhli mashina jamoasini «Lanset» kabi uchib yuruvchi o‘q-dorilardan himoya qila olmasa ham, tijoriy dronlardan tashlanadigan granatalardan saqlay oladi — bu urushda ikki tomon ham bunday taktikadan foydalanmoqda. O‘z ko‘rinishiga ko‘ra, T-64 tanki boshqa ko‘plab zirhli mashinalar kabi bunday himoyaga ega emas — so‘nggi yillarga qadar loyihalovchilar shunchaki bunday tahdidni e’tiborga olishmasdi. T-64 1960-yillar boshida Xarkivdagi transport mashinasozlik zavodi konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning seriyali ishlab chiqarilishi 1969 yilda to‘xtatilgan, jami 1192 ta shunday texnika yaratilgan. Rossiya va Ukraina tomonining janglarda boy berayotgan texnikalari hisobini yurituvchi Oryx proyekti ma’lumotiga ko‘ra, mojaro boshlanganidan buyon ishlab chiqarilgan barcha tanklarning katta qismi yo‘q qilingan: Rossiya tomonidan turli modifikatsiyadagi 80 dan ortiq mashina hamda Ukraina tomonidan 300 dan ortig‘i. 

Ukraina qurolli kuchlari tankchilari minorasiga dronlarga qarshi himoya vositalari o‘rnatilgan T-64 tankini jangga tayyorlamoqda. Donetsk oblasti.
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlari tankchilari o‘z zirhli mashinasi atrofida.
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
T-64 tanki minorasining ichki qismi ko‘rinishi.
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press

Qizil xochning Xarkiv oblasti aholisini evakuatsiya qilayotgan xodimlari

Xarkiv oblasti Kupyansk rayoni Olxovatka qishlog‘i Rossiya bilan chegaradan atigi to‘qqiz kilometr masofada joylashgan. Bu rayondagi boshqa qishloqlar qatori u ham 2022 yil kuzida Ukraina qurolli kuchlarining Balakliya atrofidagi qarshi hujumi davomida ozod etilgan. Urush boshidan buyon bu hududda faol harbiy harakatlar deyarli olib borilmagan, ammo so‘nggi kunlarda hududga aviazarbalar yo‘llandi. Chegaraga yaqin yashovchi aholi vakillari doimiy zarbalar xavfi ostida evakuatsiyaga majbur bo‘lmoqda. 

Xarkiv oblasti Kupyansk rayoni Olxovatka qishlog‘idagi vayrongarchilik
Yevhen Titov / Anadolu / ddp / Vida Press
Olxovatkada yashovchi ayol uyini tark etmoqda va Qizil xoch ko‘ngillilari yordamida evakuatsiya qilinmoqda.
Yevhen Titov / Anadolu / ddp / Vida Press
Olxovatkadagi vayrongarchilik
Yevhen Titov / Anadolu / ddp / Vida Press
Qizil xochning Ukrainadagi bo‘limi ko‘ngillilari evakuatsiya qilinayotgan mahalliy aholi vakilining buyumlarini tashimoqda.
Yevhen Titov / Anadolu / ddp / Vida Press
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top