Oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi
Prezidentning “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan keyingi besh yilda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravarga va eksport ko‘rsatkichlarini 2 baravarga oshirish maqsadi qo‘yildi.
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.
Uning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
- oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash hamda aholining barcha qatlamlari sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish;
- erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan mexanizmlar orqali strategik ahamiyatga ega qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning xomashyo zaxiralarini yaratish;
- oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash jarayonida tabiiy va texnogen ofatlar, global siyosiy va iqtisodiy inqirozlar, pandemiya, harbiy amaliyot va boshqa hodisalarning salbiy ta’siri oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish, shuningdek, xabardor qilish va monitoring platformasini yaratish va boshqalar.
Mavzuga oid

17:16 / 10.04.2025
Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi

13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda

21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi

22:20 / 11.02.2025