Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent Index'da avtoturargohlarning tom qismi mashinalar ustiga qulagani aytilmoqda
Avtoturargohlarning yengil konstruksiyali tom qismi kecha yog‘gan qorni ko‘tarolmay qulagani taxmin qilinmoqda.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Tashkent Index bozorida avtoturargohlarning tom qismi mashinalar ustiga qulagani tasvirlangan videolar tarqaldi.
Videolarda avtoturargohlarning yengil konstruksiyali ustunlari va tom qismi kecha yog‘ib o‘tgan qorning og‘irligini ko‘tara olmay qulashi natijasida o‘nlab avtomobillarga shikast yetgani ko‘rinadi.
Tom ostida qolib shikastlangan import mashinalarda avtoraqamlarning yo‘qligi ular sotish maqsadida bu yerga olib kelib qo‘yilganidan darak beradi.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati hodisa haqida ma’lumot yo‘qligini, Tashkent Index'dan izoh olish lozimligini bildirdi.
Kun.uz hodisa yuzasidan izoh olish uchun Tashkent Index'ning Telegram-kanalida ko‘rsatilgan raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Biroq raqam ishlamayapti.
Avvalroq, bir necha marta Sergeli tumanida joylashgan mashina bozori Tashkent Index'ga ko‘chirilishi haqida gap-so‘zlar tarqagan. Biroq Sergeli mashina bozori rahbariyati bunday topshiriq bo‘lmaganini aytib chiqqandi.
Mavzuga oid

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

17:53 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi

17:45 / 12.07.2025
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

16:09 / 12.07.2025