Farg‘ona viloyatida 25 sotix yerni 160 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
Farg‘ona viloyatida yer uchastkasini noqonuniy pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.
23 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri hududida hamkorlikdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Sharof Rashidov ko‘chasida yashovchi 38 yoshli Sh.A. Buvayda tumani Begobod qishlog‘ida joylashgan Maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun ajratilgan 25 sotix bo‘sh yer uchastkasini hech qanday hujjatlarsiz fuqaro B.A.ga 160 ming dollarga sotishga kelishib, oldindan 20 ming dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:06 / 18.03.2025
Bo‘stonliqda 20 sotix yerni 230 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

23:32 / 15.03.2025
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

10:50 / 12.03.2025
Farg‘onada narkolaboratoriya fosh etildi

16:07 / 24.02.2025