Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda
18 iyundan O‘zbekistonning So‘x va Shohimardon anklavlariga olib boruvchi nazorat-o‘tkazish punktlari kecha-yu kunduz ishlaydigan bo‘ldi. Bu harakatlanishni erkin va qulay qilish hamda tirbandliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
18 iyundan «Farg‘ona» chegara bojxona posti hamda Shohimardon qishlog‘iga o‘tishdagi «Oq qiya» bojxona punkti va «So‘x» chegara bojxona postining «Chashma» bojxona punkti 24 soatlik ish rejimiga o‘tmoqda, deya xabar berdi Bojxona qo‘mitasi.
Farg‘ona viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, ular qatoriga «Vodil-Qadamjoy» nazorat-o‘tkazish maskani ham qo‘shiladi.
«Ushbu chora-tadbirlar Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i hamda So‘x tumaniga borishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning harakatlanishini yanada erkin va qulay qilish, postlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda», — deyiladi hokimlik xabarda.
Ma’lumot uchun, So‘x va Shohimardon O‘zbekiston uchun anklav hududlari bo‘lib, ular Qirg‘iziston ichkarisida joylashgan.
2024 yil Shohimardonga kirishdagi «Farg‘ona» va «Oq-qiya» chegara bojxona postlari 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilgandi. Bu O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining Toshkent shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshgan.
Mavzuga oid

11:16 / 26.07.2025
Ikki hududda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

15:01 / 25.07.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga qamaldi

12:14 / 22.07.2025
Farg‘ona viloyatida "Nexia-3" jarlikka ag‘darilib ketdi, 18 yoshli bola halok bo‘ldi

13:34 / 05.07.2025