Seul politsiyasi rahbari 2022 yilgi Hellouin bayramida 158 kishi o‘limida ayblandi
Unga kasbiy mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

Foto: Anthony Wallace/AFP/Getty
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri politsiyasi boshlig‘i Kim Kvan Xo 2022 yilda Hellouin bayramini nishonlash chog‘ida 158 kishining o‘limi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishida kasbiy mas’uliyatsizlikda ayblandi.
The Guardian nashrining yozishicha, ayblovga ko‘ra, politsiya boshlig‘i odamlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rmagan va qo‘shimcha kuchlarni navbatchilikka o‘tkazmagan, garchi u ishtirokchilar ko‘pligi sababli xavf-xatarlarni oldindan bilgan bo‘lsada.
Yonhap agentligining qayd etishicha, avvalroq Yongsan-gu okrugi politsiya bo‘limi rahbariyati va mahalliy amaldorlarga qarshi ayblovlar e’lon qilingan, politsiya boshlig‘ining taqdiri esa noma’lum bo‘lib qolayotgan edi.
2022 yil oktyabr oyida Seulda Covid-19 cheklovlaridan keyin birinchi marta Hellouin bayrami nishonlandi. Unda minglab odamlar orasida tiqilinch yuz berdi: odamlar panjaralar orasidagi tor ko‘chada siqilib qolishdi. Oqibatda deyarli 160 kishi halok bo‘ldi, fojia qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor edi.
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

18:49 / 29.05.2025