Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi
Bunga baliq tutish uchun belgilangan yillik limitdan oshib ketilgani sabab bo‘ldi.

Foto: Yeongdeok county
Janubiy koreyalik baliqchilar qiymati 1,9 million dollarlik 1,3 mingdan ortiq ko‘k tunets balig‘ini dengizga qo‘yib yubordi. Bunga baliq tutish uchun belgilangan yillik limitdan oshib ketilgani sabab bo‘ldi, deb yozadi South China Morning Post.
Yondok uyezdi baliqchilarining skumbriya va kalmarlar uchun mo‘ljallangan to‘rlariga tasodifan ko‘k tunets baliqlari tushib qoldi. Har bir baliqning kattaligi 1-1,5 metrni, og‘irligi esa 100-150 kilogrammni tashkil etgan. Korea Herald nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ovlangan baliqlarning umumiy massasi 140 tonnaga yaqinlashgan va taxminan 2,55 milliard vonga (1,9 million dollar) baholangan. Aftidan, tunetslar skumbriya va sardinalarni ovlab, to‘rga tushib qolgan.
2025 yil ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Kyonsan provinsiyasida 110 tonna tunets tutishga ruxsat berilgan — shundan 35 tonnasi Yondok hisobiga to‘g‘ri keladi. Ushbu limit oshib ketgani bois, baliqchilar ovlangan o‘ljani dengizga qaytarishga majbur bo‘lgan.
Mahalliy hukumat vakilining ma’lum qilishicha, baliqchilar kvota yakunlanayotganidan bexabar bo‘lgan. U yangi ruxsatnoma uchun so‘rov yuborilganida ham bunga ma’lum vaqt ketishini qo‘shimcha qilgan. Shuning uchun baliqlarning barchasini dengizga qo‘yib yuborishga to‘g‘ri kelgan.
Janubiy Koreya Baliqchilik to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, ko‘k tunetsni sotish yoki yetkazib berish bo‘yicha belgilangan limit oshib ketganidan keyin ham uning savdosini amalga oshirganlar 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi yoki 20 million vongacha jarimaga tortilishi mumkin.
Mavzuga oid

13:16 / 01.08.2025
Tramp Janubiy Koreya bilan savdo kelishuvi haqida e’lon qildi

19:36 / 31.07.2025
Vatanning go‘yo bir parchasi: Koreyadagi o‘zbek mahallasidan reportaj

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

14:58 / 14.07.2025