Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoygu Putinga Donetsk viloyatidagi Marinka shahri ishg‘ol etilgani haqida xabar berdi
Donetskdan 5 km uzoqlikda joylashgan shahar deyarli butkul vayron qilingan.

Foto: kremlin.ru
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Marinka shahri ishg‘ol etilgani haqida hisobot berdi. Unga ko‘ra, rossiyaliklar shaharni to‘liq nazorat ostiga olgan.
Marinka - Donetskning yo‘ldosh-shaharchasi bo‘lib, unga g‘arbdan tutashgan. Marinka uchun janglar Donbassdagi mojaro boshlanganidan beri davom etayotgan edi. Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bosqini boshlanishi bilan rus qo‘shinlari, DXR deb ataladigan kuchlar va chechenlarning «Axmat» batalyoni shaharni egallashga harakat qilishdi. Deyarli ikki yillik janglar davomida bir necha marta Marinka to‘liq bosib olingani haqida e’lon qilindi. Janglar oqibatida shahar deyarli butunlay vayron bo‘ldi.
Harbiy tahlilchi Kirill Mixaylov so‘zlariga ko‘ra, Marinkaning ishg‘ol etishi taktika jihatidan foyda berishi mumkin.
«Marinkaning qadr-qimmati shundaki, uning orqasida asosan ochiq maydonlar - hujum uchun qulayroq bo‘lgan yerlar yotadi. Rossiya qo‘shinlari uchun g‘arbga - Kuraxovo va janubi-g‘arbga — Ugledarga hujum qilish istiqbollari ochiladi, ammo bu aholi punktlariga yetib borish uchun qancha vaqt ketishini aytish qiyin», dedi u.
Ukraina rasmiylari Marinka rossiyaliklar tomonidan ishg‘ol etilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirmadi.
Mavzuga oid

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

20:34 / 01.08.2025
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi

19:02 / 01.08.2025