O‘zbekiston | 08:47 / 21.12.2023
9248
2 daqiqa o‘qiladi

Maxsus inspeksiya transport ustidan nazoratni amalga oshiradi

Vazirlar Mahkamasining «Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

inspeksiyaning maqomi va faoliyatini tashkil etish asoslari;
vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda uning xodimlarining javobgarligi;
transport sohasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
 
Harakatdagi temiryo‘l tarkibi va infratuzilmasi obektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

harakatdagi temiryo‘l tarkibi va infratuzilmasi obektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning talablari hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi;
harakatdagi temiryo‘l tarkibi va infratuzilmasi obektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ro‘yxatdan qayta o‘tkazish hamda ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi. 

Transport vazirligiga quyidagilar topshirildi:

2024 yil 1 noyabrga qadar harakatdagi temiryo‘l tarkibi va infratuzilmasi obektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ishga tushirish;
2024 yil 1 dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda axborot tizimining YaIDXP bilan integratsiya qilinishini hamda tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari joriy etilishini ta’minlash.

Mavzuga oid