O‘zbekiston | 09:45 / 11.04.2025
3500
2 daqiqa o‘qiladi

Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transportni trotuarlar, piyodalar va velosiped yo‘lkalari hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Joriy yilning 10 aprel kuni imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno): BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;

xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish: BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Mavzuga oid