Qozog‘istonda Nazarboyevning xotiralar kitobi sotuvga chiqdi
«Mening hayotim. Tobelikdan erkinlik sari» kitobida birinchi prezident hayotining ham siyosiy, ham shaxsiy tomonlari tasvirlangan.

1 dekabr kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning «Mening hayotim. Tobelikdan erkinlik sari» xotiralar kitobi sotuvga chiqdi. Bu haqda uning maslahatchisi va matbuot kotibi Aydos Ukibay xabar berdi.
Kitobda sobiq prezident hayotining ham siyosiy, ham shaxsiy tomonlari tasvirlangan. Nazarboyev o‘z xotiralarida ikkinchi xotini va undan ikki o‘g‘li borligini tan olgan.
2012 yildan beri 1 dekabr Qozog‘istonda bayram – Birinchi Prezident kuni sifatida nishonlanadi. Ilgari Birinchi Prezident kuni davlat bayrami maqomiga ega bo‘lib, dam olish kuni edi.
O‘tgan yili prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev qonunga o‘zgartirish kiritib, bu sana maqomini o‘zgartirdi. 1 dekabr bayram sifatida qoldi, biroq dam olish kuni bekor qilindi.
Mavzuga oid

01:02
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi

08:17 / 29.05.2025
Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5,3 mlrd so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi

21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi

21:27 / 23.05.2025