Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi
«Nikohga majburlash» deb nomlangan moddada jarima, axloq tuzatish ishlari, erkinlikni cheklash va jinoyatning og‘irligiga qarab 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Foto: Tengrinews
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev stalking (noqonuniy ta’qib qilish) va kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi, deb xabar berdi Tengrinews.
Qonun loyihasi jinoiy-ijro qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartishlarning to‘rtta blokini o‘z ichiga oladi va tez orada matbuotda e’lon qilinadi.
Hujjatda birinchi marta «stalking» ta’rifi keltirilgan - bu shaxsni uning irodasiga qarshi aloqa o‘rnatish va (yoki) kuzatishga qaratilgan harakatlarda ifodalangan, zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lmagan, katta zarar yetkazgan noqonuniy ta’qib. Bunday qilmish uchun jarima yoki 90 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Xuddi shu qonun bilan Jinoyat kodeksiga kelin o‘g‘irlash uchun javobgarlik (modda «Nikohga majburlash» deb nomlanadi) kiritildi – buning uchun jarima, axloq tuzatish ishlari, erkinlikni cheklash va jinoyatning og‘irligiga qarab 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shu paytgacha Qozog‘istonda bunday ishlar bo‘yicha ayblanuvchilar odatda odam o‘g‘irlash moddasi bo‘yicha sudlanar, unda 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan edi. Ammo o‘g‘irlangan ayolni o‘z ixtiyori bilan ozod qilgan shaxs, agar uning harakatlarida boshqa jinoyat tarkibi bo‘lmasa, javobgarlikdan ozod qilinardi.
Avvalroq, Qosim-Jo‘mart To‘qayev Milliy qurultoy yig‘ilishida Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlash holatlarini qattiq qoraladi.
«Mamlakatimizda go‘yoki milliy urf-odatlarni bahona qilib, kelin o‘g‘irlash amaliyotini tatbiq etishga urinayotganlar ham borki, bunday xurofotni umuman oqlab bo‘lmaydi. Bu progressiv jamiyat ideallariga, jumladan, har bir insonning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari mutlaq ustun turadigan jamiyatga zid keladi. Bunday faktlar nafaqat ma’naviy qoralashni, balki huquqiy baho berishni ham talab qiladi», degan edi prezident.
Mavzuga oid

18:56 / 15.07.2025
Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Toshkentga yangi qatnovni yo‘lga qo‘ydi

18:21 / 14.07.2025
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

16:48 / 10.07.2025