Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Azamat Mirzayev bungacha Qashqadaryo viloyati prokurori o‘rinbosari edi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Azamat Egamberdiyevich Mirzayev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Azamat Mirzayev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bundan oldinroq 2020 yil noyabr oyidan Navoiy viloyati prokurori bo‘lib ishlab kelgan Baxtiyor Ahmedov Bosh prokuraturaga ishga o‘tkazilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

12:08 / 24.03.2025
Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

16:38 / 18.03.2025