Qozog‘istonda mamlakat haqida salbiy fikr bildirgan xorijliklar ro‘yxati yuritilmoqda
Ularga Qozog‘istonga kirish uchun ruxsat berilmaydi.

Foto: Tengrinews
Qozog‘iston haqida salbiy fikr bildirgan va bu mamlakat bilan Ukraina o‘rtasida «bir qator o‘xshashlik»lar borligini ta’kidlagan shaxslar reyestri yuritilmoqda. Bu haqda respublika tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.
«Tabiiyki, biz bunday ro‘yxatni yuritamiz. Ammo bu ishchi ro‘yxat va biz uni oshkor qilmaymiz. Ro‘yxatdagilar sonini ham aytolmaymiz», dedi u.
Ro‘yxatdagi shaxslarga nisbatan qanday chora ko‘rilishi haqidagi savolga javob berar ekan, Smadiyarov ularning mamlakatga kiritilmasligini aytdi.
«Ular uchun chegaralar yopiladi, ular Qozog‘istonga kira olmaydi», deb tushuntirdi u.
Avvalroq, Qozog‘istonda ilk bor «chet el agentlari» reyestri e’lon qilingan edi. 240 ta yuridik va jismoniy shaxslar nomlari kiritilgan ro‘yxatdan huquqbonlar, jurnalistlar va xorijiy kompaniyalarning vakolatxonalari o‘rin olgan. Qozog‘iston rasmiylari Rossiyadan farqli o‘laroq, bunday ro‘yxatdagilarga hech qanday chora ko‘rilmasligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

19:14 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi

17:19 / 11.04.2025