20:28 / 24.07.2023
9226

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2,2 foizga oshdi 

Mamlakat aholisi soni 36 mln 373 mingga yaqinlashdi. 

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 iyul holatiga respublika bo‘yicha doimiy yashovchi aholi soni 36 372,3 ming kishini tashkil etadi. Bu qiymat 2022 yil mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘paygan. 

Shundan:

- ayollar 18 066,0 ming kishi;

- erkaklar 18 306,3 ming kishi. 

Shuningdek, shaharlarda 18 557,5 ming kishi, qishloq joylarida 17 815,8 ming kishi istiqomat qiladi. 

Mavzuga oid
Top