Xorazm viloyati hokimi senator bo‘ldi

Foto: Markaziy saylov komissiyasi
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov senator bo‘ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 16 iyun kuni Oliy Majlis Senatida Xorazm viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Saylov natijalariga ko‘ra Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
- Jo‘rabek Rahimov 2022 yil dekabrida Farhod Ermanov o‘rniga Xorazm viloyati hokimi bo‘lgandi.
- Bundan avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylangandi.
Mavzuga oid

19:00 / 04.07.2025
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

08:25 / 22.06.2025
«Konstitutsiyaga mutlaqo zid» - AQSh qonunchilari Trampning qarorini muhokama qilmoqda

09:55 / 20.06.2025