Surxondaryoda kuchli chang bo‘roni kuzatilmoqda
Elektr energiyasida uzilishlar yuz bergan, Termiz aeroporti samolyotlarni qabul qilmayapti.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
13 iyun kuni Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri va ayrim tumanlarida kuchli chang bo‘roni kuzatilmoqda.
Ko‘rinish masofasi 1100 metrgacha qisqargan. Noqulay ob-havo sabab, soat 18:45 dan hududlarda elektr energiyasida uzilishlar yuz beryapti.
Jumladan, Denov shahri va tumani, Sho‘rchi, Uzun va Oltinsoy tumanlarining ayrim hududlarida 6625 iste’molchi tarmoq xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr energiyasi ta’minotidan uzilgan. Shamol kuchi pasaygach, ular elektr tarmog‘iga qayta ulanishi aytilmoqda.
Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Silk Avia kompaniyasining «Toshkent-Termiz» yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyoti Buxoro xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid

22:10 / 05.06.2025
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi

18:15 / 04.06.2025
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda

19:06 / 03.06.2025
Qatldan qochganlar: mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng shov-shuvli qamoqdan qochish ishi

20:03 / 30.05.2025