O‘zbekiston | 10:21 / 16.07.2025
16894
2 daqiqa o‘qiladi

Davomli jazirama kunlar kelyapti

17-20 iyul kunlari uchun kutilayotgan yuqori issiqlik to‘lqinlari respublikaning katta qismiga ta’sir eta boshlaydi. Odatda issiq kunlar ortidan keladigan salqinlik bu safar kutilmayapti – jazirama davomli bo‘ladi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Hafta o‘rtalaridan g‘arbdan kirib kelishi kutilayotgan issiqlik to‘lqinlari avvaliga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati so‘ngra respublikaning markazi va aholi zich istiqomat qiluvchi viloyatlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Issiq havo oqimlari ketidan haroratning sezilarli pasayib ketishi bilan bog‘liq yozgi salqin ob-havo muhiti bu safar kutilmaydi. Aksincha, keyingi hafta davomida ham respublikada jazirama issiqliklar saqlanadi.

Ushbu issiqlik to‘lqinining qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga ta’sirini kamaytirishda qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mas’ullari aholi, bog‘dor, dehqon va fermerlarga o‘z tavsiyalarini berib o‘tishi lozim. Xususan, bog‘dorlar o‘z mevali daraxtlarini oftob urishidan qarshi to‘r yordamida himoya qilishi, paxtachilik sektorida +45 daraja harorat kutiladigan kunlar oldidan fermerlar tunda g‘o‘zalarni chuqurroq sug‘orib qo‘yishi tavsiya etiladi.

Mavzuga oid