Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple kompaniyasi eng katta MacBook Air’ni taqdim etdi
Apple kompaniyasi WWDC 2023 ko‘rgazmasida 15 dyuymli MacBook Air’ni taqdim etdi.

Foto: Apple
Amerikaning Apple kompaniyasi yangilangan MacBook Air kompyuterini taqdim etdi. Taqdimot WWDC 2023 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi, uning videoyozuvi korporatsiya veb-saytida mavjud.
Yangi MacBook 15,3 dyuymli displeyga ega, displeyning yuqori qismida old kamera uchun kesik joy mavjud. Bu tarixdagi Air liniyasidagi eng katta noutbuk. Qurilma alyuminiy korpusga ega bo‘lib, to‘rtta rangda ishlab chiqariladi. Korpusning yon tomonlarida ikkita USB-C ulagichi va MagSafe magnit zaryadlash ulagichi bor.
MacBook Air 15 ARM Apple M2 protsessorini oldi. Noutbuk iyun oyi o‘rtalarida sotuvga chiqariladi va narxi 1299 dollardan boshlanadi.
Apple shuningdek, Mac Studio ixcham kompyuterini ham yangiladi. Kompaniya dizaynni o‘zgartirmadi va faqat xususiyatlarini yangiladi - endi Mac Studio M2 Max va yangi M2 Ultra protsessori bilan chiqariladi. Ikkinchisi 20 yadroli grafik protsessorga ega va Apple kompaniyasining eng kuchli chipi hisoblanadi.
Mavzuga oid

21:34 / 14.07.2025
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

18:42 / 28.06.2025