Sirdaryoda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning soxta xodimi ushlandi
Boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, uni 1000 dollar evaziga departamentning Yangiyer shahar bo‘limiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan qallob tezkor tadbirda qo‘lga olingan.

Foto: Prokuratura departamenti
Hech qayerda ishlamaydigan M.A. boshqa fuqaroga o‘zini Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi xodimi sifatida tanishtiradi. Sekin-asta uning ishonchiga kirgan firibgar 1000 dollar evaziga uni ham o‘zi ishlaydigan muassasaga ishga joylashtirib qo‘yishini aytadi.
U 15 aprel kuni o‘zi so‘ragan pulning 600 dollarini qo‘lga kiritadi. 20 aprel kuni qolgan 400 dollarni ham olayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq Samarqandda soxta ichki ishlar xodimasi, Sirdaryoda soxta prokuror qo‘lga olingandi.
Bundan tashqari, Samarqand va Andijonda soxta IIB xodimi, Sirdaryoda prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining soxta xodimi, Buxoro Milliy gvardiyaning soxta xodimi, Samarqandda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining soxta xodimi, soxta o‘t o‘chiruvchilar va IIB xodimi, Toshkent viloyatida soxta «GAI» xodimi, Sirdaryoda soxta prokuror, Toshkentda soxta Milliy gvardiya mayori, Qashqadaryoda Milliy gvardiyaning soxta xodimi, Surxondaryoda o‘zini «Ichki ishlar organi mayori» deb tanishtirib yurgan soxta xodim qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025