Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Mudofaa vazirligi askarning qatl etilishi aks etgan videoga munosabat bildirdi

Foto: AP
Ukraina Mudofaa vazirligi fuqarolarni Ukraina Qurolli Kuchlari askarining rossiyalik harbiylar tomonidan qatl qurboniga aylangani munosabati bilan hamdardlik ko‘rsatishga chaqirdi.
Dushanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda harbiy asirning qatl etilishi aks etgan rezonansli video paydo bo‘ldi.
«Halok bo‘lganlar va ularning oila a’zolari, birinchi navbatda, hurmat qilinishi kerak», — deb yozdi mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Facebook’da.
U «ijtimoiy tarmoqlar va odoblilik bir-biriga mos kelmasligini» ta’kidlab, marhumning shaxsi rasman tasdiqlanguncha kutishga chaqirdi.
Zo‘ravonlik sahnasi aks etgan kadrlar telegram-kanallarda 6 mart kuni kunduzi paydo bo‘ldi.
Videoda harbiy formadagi kishi o‘rmonda turadi va chekadi. Kadr ortidagi ovoz aytadi: «Tasvirga ol», va kamera ko‘tariladi. Askar shunday deydi: «Ukrainaga shon-sharaflar». Keyin uni o‘qqa tutishadi va u qulaydi. Kadr ortidagi ovoz rus tilida so‘kinadi.
Bu video qachon va qayerda yozilgani ma’lum emas.
Mavzuga oid

07:44
Peskov: Kiyev bilan munosabatlar - Moskva «vazifalari» bajarilganidan keyin

18:33 / 28.07.2025
Tramp yangi dedlayn belgiladi – endi Putin o‘t ochishni 10-12 kun ichida to‘xtatishi kerak

18:20 / 28.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos

15:12 / 28.07.2025