Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodalar yo‘lagi qolib temiryo‘ldan o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaroning oyog‘ini poyezd bosib ketdi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi temiryo‘llarda bir fuqaro bosh qismidan jarohatlangani, ikkinchisi esa o‘ng oyog‘idan ayrilgani ma’lum qilindi. O‘rganishlar davomida bu ikki shaxs muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilishi aniqlangan.

Foto: Videodan kadr
“Millar” ko‘rsatuvining ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videosiga ko‘ra, 11 fevral kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani Keles-Sariagash temiryo‘lida 80 yosh atrofidagi erkak uyiga borish uchun piyodalar yo‘lagidan foydalanmasdan, to‘xtab turgan yuk poyezdining ostidan o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu vaqtda poyezd harakatlanib, fuqaroning o‘ng oyog‘ini bosib ketgan.
Mas’ul xodimning ko‘rsatuvga bergan intervyusiga ko‘ra, o‘ng oyog‘idan ayrilgan shaxs shifoxonaga yotqizilgan, hozirda uning ahvoli yaxshi.
“Tergovga qadar tekshirish jarayonlari natijasida bu fuqaro muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilib yurishi aniqlangan”, – deydi u.
Shuningdek, 16 fevralda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Salar-Chuqursoy temiryo‘l bekatlari oralig‘ida 60 yoshli erkakni poyezd urib yuborgani ham ma’lum qilindi. Buning oqibatida fuqaro bosh qismidan jiddiy jarohatlangan. Qayd etilishicha, o‘rganish davomida bu fuqaroning ham spirtli ichimliklar iste’mol qilishi aniqlangan.
Mutasaddilarning aytishicha, mana shunday holatlarning oldini olish maqsadida temiryo‘l atrofiga maxsus temir panjara yoki beton devor bilan o‘rash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:37 / 09.08.2025
Mashina ustiga chiqib salyut uchirgan fuqaro 7 sutkaga qamaldi

15:18 / 02.08.2025
Temiryo‘l infratuzilmasi xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar belgilandi

12:00 / 02.08.2025
Toshkent viloyatida quriladigan aeroport qanday bo‘ladi?

19:34 / 01.08.2025