O‘zbekiston | 19:34 / 01.08.2025
5554
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ularda yong‘in xavfsizligi talablari buzilishi holatlari aniqlangan.

Foto: Toshkent viloyati FVB

Toshkent viloyati hududida faoliyat yuritayotgan bir qator avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish va suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Kun.uz’ga Toshkent viloyati FVB ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, shoxobchalarda yong‘inga qarshi holat yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi holatlari aniqlanib, mas’ul xodimlarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llangan. Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida shoxobchalar faoliyati tegishli tartibda vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanida gaz quyish shoxobchasida portlash, uning ortidan yong‘in yuz berib, 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan edi.

Mavzuga oid