Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi va yevrohududda retsessiya bo‘lmasligini ma’lum qildi
2022 yil oxirida iqtisodchilar Yevropa Ittifoqi va ayniqsa Germaniya uchun yomon vaziyatni bashorat qilishdi. Ijobiy tendensiyalar esa, eng pessimistik ssenariyning oldi olinishiga umid qilish imkonini beradi.

Foto: dpa
Yevrohudud va umuman Yevropa Ittifoqi, katta ehtimol bilan, qishda retsessiyadan qochib qutula oladi. Yevrohudud iqtisodiyoti 2022 yilning to‘rtinchi choragida prognozlardan farqli o‘laroq, qisqarmadi va joriy yil uchun o‘sish 0,9 foiz darajasida kutilmoqda, deya ma’lum qildi Yevropa komissiyasi 13 fevral, dushanba kuni. Yevrohududda inflatsiya 5,6 foizni tashkil qilishi kutilmoqda (prognoz qilingani - 5,9 foiz).
Hatto 2022 yilning kuzida ham Yevropa komissiyasi, ayniqsa, Germaniya uchun juda salbiy vaziyatni bashorat qilgan edi. Umuman olganda, Yevropa Ittifoqi uchun YeK 2023 yilda o‘sish atigi 0,3 foizni tashkil etishini kutgan bo‘lsa, Germaniya uchun YaIM 0,6 foizga qisqarishi taxmin qilingan edi. «Kuzgi prognozdan keyingi qulay tendensiyalar joriy yil uchun iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshiladi», - deya qayd etgan Yevrokomissiya.
Butun Yevropa Ittifoqi uchun Yevropa komissiyasi endi iqtisodiy o‘sishni 0,8 foizga prognoz qilmoqda. Germaniyada YaIM o‘sishi 0,2 foizni tashkil qiladi. Faqat Shvetsiyada 0,8 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Yevropa komissiyasi yanada qulay prognozlarni tabiiy gaz yetkazib berishni diversifikatsiya qilish va energiya iste’molini keskin qisqartirish bilan bog‘ladi. Natijada, gaz omborlari yaxshi zaxiraga ega bo‘lib qolmoqda hamda ulgurji gaz narxi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushdan oldingi darajaga tushdi.
Yevrokomissiya bu omillar bilan yevrohududda inflatsiya prognozlarining pasayishini bog‘ladi. Asosiy inflatsiya (oziq-ovqat va energiya narxlari hisobga olinmaganda) hali eng yuqori cho‘qqiga chiqmadi, biroq kompaniyalar optimistik kayfiyatda bo‘lib turibdi, deya ma’lum qildi regulyator.
Mavzuga oid

11:52 / 07.06.2025
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:22 / 06.06.2025
Rossiyalik oligarxlar YeI sanksiyalari bo‘yicha sud jarayonida navbatdagi mag‘lubiyatga uchradi

15:36 / 02.06.2025
Sanksion tovarlarning O‘zbekiston orqali Rossiyaga yetkazilishi qisqargani qayd etildi

18:24 / 31.05.2025