Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIda Tramp bilan savdo bitimi shartlari turlicha baholandi
Fransiya bosh vazirining fikricha, Yevropa savdo mojarosida yon bosish orqali Trampga bo‘ysundi. Bir qator davlatlar Bryusselning kelishuv zarurligi haqidagi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.

Foto: Reuters
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Yevroittifoq va AQSh o‘rtasidagi savdo mojarosiga barham berish bo‘yicha kelishuvlar Yevropa Ittifoqi yetakchilari va ekspertlarining turlicha munosabatiga sabab bo‘ldi. Fransiya rasmiylari Oq uy rahbariga yevropaliklarning yon bosganini qoraladi.
Bosh vazir Fransua Bayru X ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi: «Bu umumiy qadriyatlarni tasdiqlash va umumiy manfaatlarni himoya qilish uchun birlashgan erkin xalqlar ittifoqi bo‘ysundirilgan qora kundir». Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kelishuvlar bilan bog‘liq holda hozircha ochiq bayonotlar bermadi.
Bir qator boshqa davlatlar Bryusselning savdo mojarosida murosaga kelish zarurligi haqidagi pozitsiyasiga qo‘shildi. Shvetsiya rasmiylari Vashington bilan kelishuv ko‘p oylik beqarorlikdan so‘ng Yevropaning eng yirik savdo sherigi bilan munosabatlarga aniqlik kiritishini tan oldi. Ispaniya kelishuvni qo‘llab-quvvatladi, ammo «katta ishtiyoq bildirmadi», deb ta’kidlaydi Reuters.
Germaniya kansleri Fridrix Mers kelishuvni olqishladi, uning fikricha, bu «transatlantik savdo aloqalarining keraksiz keskinlashuvidan» qochish imkonini beradi. Kelishuv Yevropa Ittifoqining birdamligi o‘z samarasini berganini ko‘rsatdi, dedi u. Shu bilan birga, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban «Tramp fon der Lyayyenni nonushtaga yeb qo‘ygani»ni aytdi.
Mavzuga oid

20:36 / 30.07.2025
Kreml Rossiya Trampning sanksiyalaridan qo‘rqmasligini bildirmoqda

16:04 / 30.07.2025
YeI Ukrainaga moliyalashtirish to‘xtatilishi ehtimolini tasdiqlamadi

08:12 / 30.07.2025
Yevroittifoq AQSh avtomobillari uchun bojlar bekor qilinishini tasdiqladi

23:14 / 29.07.2025