Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kommunal xizmat xodimi tuproq bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi
Suv quvurini ta’mirlash chog‘ida chilangar xodim baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi.

Foto: Bosh prokuratura
Toshkent shahri, Olmazor tumanida 8 fevral kuni «Suv ta’minoti» xodimi tuproq bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuraturaga tayanib Qalampir xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning Universitet mahallasida «Suv ta’minoti» xodimlari aholining murojaatiga asosan 600 mm quvur yorilgani bo‘yicha nosozlikni bartaraf etish uchun borgan. Ish jarayonida chilangar bo‘lib ishlagan T.K. (1984 yilda tug‘ilgan) tuproq bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi a’zolari borib, hududni ko‘zdan kechirgan. Shuningdek, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

09:42 / 13.07.2025
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan

16:09 / 12.07.2025
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi

21:30 / 02.07.2025